TOShKENT, 30-may — Sputnik. "Uzbekistan Airways Express" 4-iyundan Toshkentdan Samaraga ilk parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent-Samara muntazam aviaqatnovlari haftada bir marta - shanba kunlari amalga oshiriladi.
Aviaqatnovlar jadvali:
Toshkentdan jo‘nab ketish: 19:05 (Toshkent vaqti bilan)
Samaraga yetib borish: 21:25 (Samara vaqti bilan)
Samaradan jo‘nab ketish: 23:20 (Samara vaqti bilan)
Toshkentga yetib borish: 03:25 (Toshkent vaqti bilan)
Toshkent-Samara yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 1 671 973 so‘mdan (bagajsiz) va 1 837 632 so‘mdan (bagaj bilan) boshlanadi.
Toshkent-Samara-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha esa boshlang‘ich narx 3 248 454 so‘m (bagajsiz) va 3 579 872 so‘m (bagaj bilan) etib belgilangan. Narxlar 30-may holatiga ko‘ra amal qiladi.
Avvalroq Namangandan Krasnoyarskka arzon chiptali parvozlarni amalga oshirish boshlangani xabar qilingan edi.