Bunday tengsiz jangda NATOning muvaffaqiyat uchun hech qanday imkoniyatlari yo‘q, deb hisoblaydi harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenko.
Katta hajmli portlovchi reaktiv yo‘q qilish darajasi bo‘yicha taktik yadro qurollaridan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Dushmanning mustahkamlangan hududlari bir zarbada – juda katta bosim va haroratda jismoniy va ruhiy jihatdan yo‘q qilinadi. Dunyoda og‘ir o‘t o‘chiruvchi tizimning muqobillari, shuningdek, undan himoya qiluvchi texnikalari yo‘q.
G‘arbda Donbassda “Solnsepek”dan yaqinda foydalanganligini dahshat bilan muhokama qilishmoqda. Va bu birinchi marotaba emas.
NATO strateglari Dnepr g‘arbidagi Ukraina hududida Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuvning taxminiy vaziyatida o‘z qo‘shinlarini nima kutayotganini mo‘ljallashmoqda.
Rossiya Federatsiyasining maxsus harbiy operatsiyasi muvaffaqiyatli davom etmoqda. Ukraina demilitarizatsiyasi va denatsifikatsiyasi - NATOning sharqqa qarab o‘ylamasdan kengayishi sabab yuzaga kelgan dahshatli haqiqatdir. Va shunga qaramay, operatsiyaning maqsadi Ukraina Qurolli Kuchlarining shaxsiy tarkibini “o‘t va qilich” bilan jismoniy yo‘q qilish emas. Rossiya doimiy ravishda ukrainalik harbiy xizmatchilarni qurollarini tashlashga chaqirmoqda.
Harbiy harakatlar natijasi oldindan belgilab qo‘yilgan, Kiyev rejimining qurolli qarshiligi faqat kollektiv G‘arb manfaatlariga xizmat qiladi. T-72 tankining platformasidagi TOS-1A “Solnsepek” bunga shunday ishontirmoqda.
10 km gacha bo‘lgan masofadagi “Solnsepek” ning kuchi klassik artilleriyadan sezilarli darajada ustun: bitta o‘rnatma zalpi (24 snarad) to‘rt kvadrat kilometr maydonni “qoplay oladi”. 220 mm reaktiv termobarik o‘q-dorilarning boshi (217 kg) nishonga yetib borganida aerozol buluti hosil qiladi. Keyin asosiy zarad volumetrik portlashni boshlaydi. Episentrdagi harorat 3000 daraja Selsiygacha. Bosimning katta pasayishi zirhli texnika, istehkomlar va boshpanalarda dushmanning ishchi kuchini yo‘q qilishni kafolatlaydi.
Suriyada “Solnsepek” yer osti boshpanalarida va tog‘li hududlarda terrorizmni samarali yo‘q qilgan - 2015-yildan buyon hech kim shikoyat qilmagan.
Rossiya armiyasida (2020 yilda) yuk ko‘tarish qobiliyati va yo‘ldosh navigatsiyasi va elektron qurilmalar bilan jihozlangan Ural rusumli avtomashinaga asoslangan yangi TOS-2 Tosochka tizimi paydo bo‘lganidan keyin ham noyob jangovar xususiyatlari sabab “Solnsepek” tengi topilmaydigan bo‘lib qoladi.
Qiyomat mashinasi
Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi mart oyida Rossiya qo‘shinlarining hujumi paytida leytenant Aleksandr Lebedev qo‘mondonligidagi “Solnsepek” ekipaji Ukraina Qurolli Kuchlarining pozitsiyalari muvaffaqiyatli bostirgani va harbiy texnikasi yo‘q qilgani haqida habar qildi.
Og‘ir o‘tsochar tizim ukrainalik natsistlarni Mariupolning Azovstal zavodining ustaxona majmuasida taslim bo‘lishga ham majbur qilgan.
Aprel oyida TOS-1A Xarkov viloyatidagi Ukrainaning “Grad” RSZOsiga samarali zarba bergan. Yaqinda Limanni ozod qilish vaqtida “Solnsepek” fashistlar tomonidan istehkomlarga aylantirilgan bir nechta binolarni yuqori aniqliklikdagi zarbalar bilan vayron qildi.
Kompleksning Ukraina va Qurolli Kuchlarining blindajlari va chuqurlashtirilgan arsenallariga qarshiligining ham samaradorligi ta’qidlab kelinmoqda. O‘ylaymizki, yaqin kunlarda Ukraina qo‘shinlarining Slavan-Kramatorsk mustahkamlangan hududidagi guruhlari “Solnsepek”ning qudrati bilan yaqindan tanishishga muvaffaq bo‘lishadi.
“Solnsepek” avtonom tizimi bitta jangovar va ikkita transport yuklash mashinasidan (shuningdek, T-72 platformasida), o‘q-dorilar - 72 raketadan iborat. Nishonga olish lazerli masofa o‘lchagich va ballistik hisoblagich yordamida amalga oshiriladi. To‘xtashdan keyin o‘t otish uchun tayyorgarlik vaqti 90-soniya. To‘liq zalp davomiyligi (24 snarad) atigi 6-12 soniyani tashkil qiladi (yakka va juft bilan parvoz ham qilishi mumkin).
Zirhli “Solnsepek” ochiq va yopiq pozitsiyada ham ishlashi mumkin, o‘z-o‘zidan qazish uchun buldozer uskunalari bilan jihozlangan. Tutunli granatalar va termal tutun uskunalari uzunligi 400 metrgacha bo‘lgan zich pardani yaratishga imkon beradi.
Ommaviy qirg‘in qurollaridan himoya qilish tizimi kabina germetizatsiyasi orqali ekipajni (uch kishi) ishonchli himoya qila oladi. Bo‘lmadagi havo chang va radioaktiv moddalardan tozalanadi. Ya’ni “Solnsepek” yadroviy zarba episentrini ham oralab o‘tishi va ekipaj tarkibining sog‘lig‘iga ziyon yetkazmasdan harbiy vazifani bajara olishi mumkin (tank zirhi radioaktiv nurlanishni 100 barobarga kamaytiradi).
Jangovar mashinaning massasi - 44 tonna. Maksimal tezlik - 65 km /soat, shosse bo‘yicha yurish - 550 km.
TOS-1A Rosoboroneksport tomonidan xorijiy mijozlarga doimiy yetkazib beriladigan beshta qurol qatoriga kiradi. Postsovet hududida “Solnsepek”ni Armaniston, Ozarbayjon va Qozog‘iston foydalanish uchun sotib olingan. Uzoq xorij mamlakatlarida- Jazoir, Saudiya Arabistoni va Iroqda ham ushbu kompleks bor.
Eslatish joiz, Iroq armiyasi Tikrit, Falluja va Mosul shaharlari yaqinida Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan IShID terrorchilik tashkiloti jangarilarini yo‘q qilish uchun TOS-1Adan samarali foydalangan. Og‘ir o‘tsochar tizimlarini qo‘llash bo‘yicha xorijiy amaliyot muvaffaqiyatli deb tan olingan.
Amerikaning 19FortyFive ekspert portali TOS-1A “Solnsepek” tizimlarini razvedkachi dronlar bilan integratsiyalashgan holda jangovar foydalanish samaradorligi va aniqligi oshishini qayd etdi. The National Interest avvalroq Rossiya tizimining sun’iy intellektiga: “Putinning zukko raketa uchiruvchisi nishonlarni mustaqil ura oladi” deya shama qilgan edi
“Solnsepek”dan bir necha marotaba Germaniya, AQSh, Janubiy Afrika va Janubiy Koreyada “nusxa ko‘chirish”ga urinishgan. Natijada, katta hajmli portlovchi kallakli aviatsiya raketalarini afzal ko‘rishgan.
Qizig‘i shundaki, Ukrainaning termobarik kallakli “Jara” tipidagi o‘t o‘chirish tizimini yaratishga urinishlari ham hech qanday natija bermadi.