Melitopol ma’muriyati shahar markazidagi portlashni terakt sifatida baholadi

Shahar markazida joylashgan turar-joy binosi yonida gumanitar yordam olib ketayotgan avtomobil portladi.
Sputnik
TOShKENT, 30-may — Sputnik. Melitopol ma’muriyati bugun, 30-may kuni tongda shahar markazida sodir bo‘lgan portlashni terakt sifatida baholadi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
“Bugun ertalab Melitopolda shaharning tinch hayotini izdan chiqarishga qaratilgan terrorchilik harakati sodir bo‘ldi. Ertalab soat sakkizlarda shaharning markaziy qismida portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan avtomobil portlab ketdi. Natijada 28 yoshli qiz va 25 yoshli yigit jarohat oldi”, - deyiladi xabarda.
Ma’muriyatning qo‘shimcha qilishicha, jarohatlangan yoshlarga Melitopol viloyatida gumanitar yordam ko‘rsatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, voqea joyida sud-tibbiyot ekspertlari ishlayapti.
“Ukraina hukumati tinch aholi va shaharlar infratuzilmasiga qarshi urushni davom ettirmoqda”, - deya xulosa qildi Melitopol ma’muriyati.
Zaporojye viloyati harbiy-fuqarolik ma’muriyati bosh kengashi a’zosi Vladimir Rogovning xabar berishicha, Melitopol markazidagi portlash taxminan soat 7:40 da yuz bergan. Natijada Bogdan Xmelniskiy, Sergey Kirov va Potr Doroshenko ko‘chalarida joylashgan uylarning derazalari titrab ketgan. Osmonga esa qora tutun ko‘tarilgan.
RIA Novostining Melitopol ma’muriyatidagi manbasiga ko‘ra, turar-joy binosi yonida gumanitar yordam olib ketayotgan avtomobil portlagan. Xavfsizlik kuchlari ma’muriy binolar joylashgan G‘alaba maydonini o‘rab olgan.