TOShKENT, 30-may — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 31-mayda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollar 23,27 so‘mga arzonlashib, 11 010,88 so‘mni tashkil qildi. Yevro esa 30,11 so‘mga ko‘tarilib, 11 854,31 so‘m bo‘ldi.
O‘tgan hafta oxirida sezilarli pastlagan rubl 10,39 so‘mga qimmatlashib, 175,26 so‘mni tashkil qildi.
31 mayda amalda bo‘ladigan valyuta kurslari
© Foto: Markaziy bank
Bundan avval dollar kursi ketma-ket besh kun pastlab, 11 034,15 so‘mni tashkil qilgan edi.