Tramp neft narxi sabab rubl maksimal mustahkamlanganini qayd etdi

Sobiq prezident Trampning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya neftning oshgan narxi ustidan “yaxshigina daromad olmoqda”.
Sputnik
TOShKENT, 29-may — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp neft narxi osmonga ko‘tarilishi ortidan rubl maksimal darajada mustahkamlanganini ma’lum qildi.
“Ularning valyutasiga qarang. U maksimal ko‘rsatkichlarga yetdi, chunki neft narxi misli ko‘rilmagan tarzda oshib bormoqda”, - dedi Tramp Vayomingdagi mitingda nuqt so‘zlayotib.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya neftning oshgan narxi ustidan “yaxshigina daromad olmoqda”.
AQSh neft dollarini o‘z qo‘li bilan yo‘q qilish arafasida
Shuningdek, Tramp bir barrel neftning 30-40 dollar narxi Ukrainadagi maxsus operatsiyani to‘xtatishi mumkinligini taxmin qildi.
FP: Rossiyaning neftdan olgan daromadi rekord o‘rnatishi mumkin