Nogironligi bo‘lgan shaxslarning yer uchastkalarini sotib olish xarajatlari qoplab beriladi

Yangi qonun bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim aholi qatlamlari uchun bir qator kafolatlar belgilanmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 29-may — Sputnik. O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarning yer uchastkalarini sotib olish xarajatlari qoplab beriladi. Senat yigirma oltinchi yalpi majlisni buni ko‘zda tutuvchi tegishli qonunni ma’qulladi.
Qonunda ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim aholi qatlamlari uchun bir qator kafolatlar ham belgilanmoqda.
Xususan, nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularning oilasi elektron onlayn-auksionlardan yer uchastkalarini sotib olishi bilan bog‘liq xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi.
Qonun bilan Yer kodeksiga kiritilayotgan o‘zgarishlarga muvofiq, ochiq elektron tanlov orqali qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish huquqini qo‘lga kiritgan shaxslarga o‘sha hudud hokimining tasdig‘i talab etilmaydi.
Shuningdek, yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanganlarni o‘z vaqtida aniqlash hamda chora ko‘rish mas’uliyati Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi organlariga yuklatilmoqda.
Kadastr agentligi organlari yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanish holatlarini aniqlagan taqdirda, ushbu yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni bekor qilish haqida sudga da’vo arizasi kiritadi.
Yer uchastkalarini badal evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartibi belgilanmoqda