TOShKENT, 29-may — Sputnik. Shahriyor Nurulloyev Turizm vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi direktori lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda O‘zA yozmoqda.
Nurulloyev bu lavozimga 2021-yilning dekabrida tayinlangan edi. Unga qadar Prezident administratsiyasi mas’ul xodimi sifatida faoliyat yuritgan.
Xabarda uning nima sababdan lavozimidan ozod qilinganiga aniqlik kiritilmagan.