Erdog‘an AQShni Suriyadagi terrorchilarga qurol-yarog‘ yetkazib berishda aybladi

Turkiya prezidenti AQSh Suriyadagi terrorchilarg qurol-aslaha yetkazib berishni davom ettirayotganini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 29-may — Sputnik. Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an AQShni Anqara terrorchi deb hisoblaydigan tashkilotlarga qurol-yarog‘ yetkazib berishda davom etayotganlikda aybladi, deya yozadi RT.
“Afsuski, koalitsiyaning barcha kuchlari, ayniqsa AQSh, bu terrorchilik tashkilotlarga jiddiy qurol, vositalar, o‘q-dori yetkazib berishmoqda va buni hozirgacha davom ettirishmoqda”, - dedi Erdog‘an. Uning so‘zlaridan “Yeni Safak” nashri iqtibos keltirgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya tomoni 100 nafar terrorchini yo‘q qilgan.
“Biz terrorizmi tag- tomiri bilan quritamiz”, - deya qo‘shimcha qilgan Turkiya rahbari.
Turkiya Iroq shimolida yangi harbiy amaliyot boshladi