Birinchi iyundan spirtli ichimliklar, tamaki va benzin narxi oshishi kutilmoqda

Ayrim aksiz solig‘i stavkalari joriy yilning 1-iyun kunidan boshlab 10 foizga indeksatsiya qilinadi.
Sputnik
TOShKENT, 29-may — Sputnik. 1 iyundan spirtli ichimliklar, tamaki va neft mahsulotlari aksiz solig‘i stavkalari oshishi e’lon qilindi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, quyidagilar o‘rtacha 10 foizga indeksatsiya qilinadi:
neft mahsulotlari (yakuniy iste’molchiga sotiladigan);
ishlab chiqariladigan alkogol mahsulotlari turlari.
1 iyundan aksiz solig‘i stavkalari
1 iyundan aksiz solig‘i stavkalari
Quyidagi ishlab chiqarilgan tamaki mahsulotlari turlarining 1000 (ming) donasi uchun 203 500 so‘m + 10 foiz miqdorida belgilanadi: filtrli, filtrsiz sigaretalar; papiroslar, sigarillalar (sigaretlar), bidi, kretek.