Senatning 26-yalpi majlisi ish boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma oltinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.
Sputnik
TOShKENT, 28-may - Sputnik. Bugun, 28-may kuni Toshkent shahrida Senatning majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma oltinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.
Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilayotgan yalpi majlisni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bormoqda.
Unda Senat, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralarning vakillari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashmoqda.
Yalpi majlisda ko‘rib chiqiladigan masalalarni Senatning YouTube tarmog‘idagi sahifasi orqali onlayn kuzatish mumkin.