Qo‘qonda belbog‘li kurash bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi

Chempionatda 2005-2006 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar 11 ta vazn toifalarida, qizlar 7 ta vaznda g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.
Sputnik
TOShKENT, 28-may - Sputnik. Qo‘qon shahrida belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun jahon chempionatida bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Bosh prokuratura matuot xizmati.
V Kokande zavershilsya kubok prezidenta Uzbekistana po kurashu
Musobaqada Rossiya, Mo‘g‘uliston, Ozarbayjon, Belarus, Isroil, Gruziya, Hindiston, Moldova, Ruminiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi dunyoning 20 ga yaqin davlatidan 182 nafar eng kuchli yosh sportchilar qatnashdi.
Chempionatda o‘smirlar 2005-2006 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar 11 ta vazn toifalarida, qizlar 7 ta vaznda g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.
V Kokande zavershilsya kubok prezidenta Uzbekistana po kurashu
Natijalarga ko‘ra, umumjamoa sifatida O‘zbekiston 1-o‘rinni, Tojikiston 2-o‘rinni hamda Qirg‘iziston 3-o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Farg‘ona viloyatimiz sportchilari ham ishtirok etib, jami 18 ta medallarni qo‘lga kiritishdi.
Musobaqa Farg‘ona viloyati prokuraturasi, viloyat hokimligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi hamkorligida tashkil etildi.
V Kokande zavershilsya kubok prezidenta Uzbekistana po kurashu