Mudofaa vazirligi LXRda desantchilar jangini ko‘rsatdi - video

Lugansk Xalq Respublikasi hududida suratga olingan videoda, strategik muhim obyekt - Kamishevaxa qishlog‘i uchun jang aks etgan.
Sputnik
TOShKENT, 28-may – Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi havo-desant bo‘linmalarining ukrainalik jangarilar bilan jangini ko‘rsatdi.
Desantchilar artilleriya ko‘magida Ukraina qo‘shinlarining qulay balandlikda joylashgan tayanch punktini egallab olishdi. O‘ziga kelgan Ukraina qo‘shinlari zirhli texnikalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, qarshi hujumga o‘tib, istehkomni qaytarib olishga harakat qildi. Lekin desantchilar qarshi hudumni muvaffaqiyatli bostirishdi.
"Rossiya desantchilari dushmanning qarshi hujumga o‘tish niyatini zudlik bilan fosh qildi, tankga qarshi qurollar, qo‘l granatalari va o‘q otish qurollaridan o‘q uzdi. Rossiya desantchilarining o‘qqa tutilishi natijasida Ukraina Qurolli kuchlarining qarshi hujumi barbod etildi. Jangda desantchilar Ukraina Qurolli kuchlarining 2 ta bronetransportori va 20 gayaqin harbiy xizmatchilarini yo‘q qildi”, — deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Vladimir Putin ushbu operatsiya maqsadi "DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan tahqirlanish va genotsiddan qutqarish va himoya qilish" deb atagan. Operatsiya maqsadi - “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.