TOShKENT, 28-may - Sputnik. Bugun Toshkentda va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, deb xabar qilmoqda "O‘zgidromet".
Bugun 28-may kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, Toshkent viloyatida kunning ikkinchi yarmida, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kun davomida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21-26° gacha pasayadi.
Toshkentda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21-23° bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumikn. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15° bo‘ladi.