TOShKENT, 27-may — Sputnik. Rossiya xalqaro zahiralarining muzlatilishi va ehtimoliy musodara qilinishi dunyodagi ikkinchi yirik iqtisodiyot egasi bo‘lgan Xitoyni o‘z aktivlarini himoya qilish haqida o‘ylashga majbur qildi, deb yozmoqda RIA Novosti kolumnisti.
Mamlakat har qanday mintaqaviy mojaro tufayli, xususan, Tayvandan keyin AQSh ularga qarshi sanksiyalar qo‘llashi mumkinligidan xavotirda.
Xitoy o‘z zahiralarini [Rossiyaniki kabi muzlatib qo‘yilmasligi uchun] saqlab qolish niyatida. Chunki mamlakatning uch trillion dollardan ortiq puli xavf ostida. Shuning uchun, Pekin dollarga qaramligini kamaytirish maqsadida asta-sekin boshqa davlatlar bilan hisob-kitoblarda Amerika valyutasidan foydalanishdan voz kechmoqda.
Bundan tashqari mamlakat shoshilinch ravishda AQSh davlat obligatsiyalarini sotmoqchi, bu esa AQSh va jahon zaxira valyutasiga jiddiy zarba beradi.
“Financial times” gazetasining yozishicha, Pekinda Markaziy bank va Moliya vazirligi vakillari, shuningdek, o‘nlab mahalliy va xalqaro banklar, jumladan HSBC rahbarlari ishtirokida favqulodda yig‘ilish bo‘lib o‘tgan.
Uchrashuvda mintaqadagi vaziyat keskinlashgan taqdirda zaxiralarni muhofaza qilish masalasi, jumladan, Tayvan bilan bog‘liq vaziyatning keskinlashuvi ehtimoli ham muhokama qilingan. Chunki Xitoyga kiritilishi mumkin bo‘lgan sanksiyalarning sabablaridan biri Tayvandagi harbiy amaliyotdir.
Dollardan voz kechish
Ekspertlarning aytishicha, Pekin dollarga qaramlikni kamaytirishga intilishda davom etadi.
“Agar Pekin orolga bostirib kirsa, bo‘linish Rossiyanikiga qaraganda ancha jiddiyroq bo‘ladi, chunki Xitoyning iqtisodiy holati butun dunyoga ta’sir qiladi”, deyiladi xabarda.
XXR bank tizimi mablag‘larni muzlatish yoki SWIFT’dan uzishga tayyor emas. Shu sababli Xitoylik ekspertlarning asosiy tavsiyalari quyidagilardan iborat:
dollardagi aktivlarni diversifikatsiya qilish;
yuanning xalqaro tan olinishini tezlashtirish;
transchegaraviy to‘lovlarda raqamli yuandan foydalanishni faollashtirish;
dollarning moliyaviy gegemonligini yo‘q qilishga urinish.
Xususan, Ar-Riyod Pekinga neft uchun milliy valyutada to‘lash imkonini bersa, Saudiya Arabistoni bilan kelishuv jahon zaxiralaridagi yuan ulushini oshiradi.
Ma’lumot uchun, so‘nggi 20-yilda Xitoy oltin-valyuta zahiralari tarkibida dollarning ulushi 1/4 qismga kamayib ayni damda 56%ni tashkil qilmoqda. Oltin ulushi esa 3 baravar o‘sib - 2 ming tonnani tashkil qilmoqda.
AQSh hukumati qimmatli qog‘ozlarida saqlanayotgan zahiralar - 1 trilliondan ortiq, lekin Xitoy ularni bosqichma-bosqich sotmoqda. Mary oyining o‘zida Pekin 15,2 milliard dollarlik obligatsiyalardan xalos bo‘lgan. Aprelda esa, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra bundan bir necha barobar ko‘p.
Ekspertlar aytishiga ko‘ra, blokirovka ehtimoli mavjudligi tufayli Xitoy o‘z zahiralarida AQSh dollari va qimmatli qog‘ozlaridan voz kechishda davom etadi. Bu albatta AQSh qimmatli qog‘ozlar bozori uchun hech qanday yaxshilik olib kelmaydi.
"Bir vaqtining o‘zida, Amerika Xitoyga nisbatan Rossiyaga bo‘lgani kabi sanksiyalar qo‘llashi ehtimoli oshadi. Buning uchun kerak bo‘lganda ular biror bahona izlab topishadi: Xitoy kompaniyalari Rossiya bozorini tark etmaganidan boshlab Moskvaga yordam berishgacha", - deydi moliyaviy tahlilchi, Artem Zvezdin.
Ikki yoqlama zarba
Boshqa guruh ekspertlari xulosasiga ko‘ra, AQSh Xitoy zahralariga tegmasligi ham mumkin. Chunki bu xalqaro bozorlar va AQShning o‘ziga ulkan zarar yetkazishi mumkin. Bu huddi yadroviy urushda ikki qudratli davlat bir-birini yo‘q qilgandek natija berishi mumkin, deb hisoblaydi iqtisodchi Potr Zaborsev.
"Bu tovar bozorlarda ulkan defitsitiga olib kelishi mumkin. AQSh savdo balansi esa allaqachon - 860 milliard dollarga yetgan. Xitoy uchun esa - o‘nlab yillar davomida qurilgan iqtisodning barbod bo‘lishini anglatadi. Axir ularning sanoati asosan AQSh boozoriga moslashgan", - deydi iqtisodchi.
Uning fikricha Vashington ham Pekin kuchli qarama-qarshilik qilishayotgan bo‘lsa ham o‘zaro to‘qnashuvga hozircha tayyor emas.
Britaniyaning The Guardian nashriga ko‘ra, Xitoy hukumati Rossiya ssenariysi bo‘yicha sanksiyalar qo‘llanilgan taqdirda iqtisodda qanday jarayonlar sodir bo‘lishi mumkinligini aniqlash uchun stress-testlar o‘tkazishni boshlagan.
Lekin xitoyning qo‘lida yana bir kuchli kzir bor - u AQSh obligatsiyalariga ega bo‘lgan ikkinchi yirik davlat. Agar Xitoy ularni bir zumda sotib yuborishga qaror qilsa - AQSh dollar kursi va qimmatli qog‘ozlar kursi qulashi muqarrar.