TOShKENT, 27-may — Sputnik.Turkiya hozirgi bosqichda Rossiya tabiiy gazidan voz kechmoqchi emas, biroq energetika masalasini Isroildagi hamkasblari bilan muhokama qilishga tayyor. Bu haqda payshanba kuni Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li Isroilga qilgan tashrifi chog‘ida ma’lum qildi.
“Bizda energiya xavfsizligi nuqtayi nazaridan hozircha hech qanday muammo yo‘q, Rossiyadan gaz sotib olmaslik to‘g‘risida esa qaror qilinmagan”, deydi Mavlud Chavusho‘g‘li.
Avval ham Turkiya rasmiylari Rossiya Federatsiyasidan gaz yetkazib berishdan bosh tortishning iloji yo‘qligini bir necha bor ta’kidlagan.
Xususan, mart oyi oxirida Chavusho‘g‘li Turkiya qisqa muddatda Rossiya gazini yetkazib berishdan bosh tortishga qodir emasligiaytgan edini ta’kidladi. Shu bilan birga, u Anqara boshqa davlatlarga energiya qaramligini kamaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotganini qo‘shimcha qilgandi.
Bundan tashqari, Rajab Tayyip Erdog‘an turk yoshlari bilan bo‘lgan uchrashuvda Anqara Rossiya tabiiy gazidan voz kechishga qodir emasligini aytgan.
“Tabiiy gazning 50 foizini Rossiyadan olamiz. Biz uchun bu strategik masala. Biz ularni buza olmaymiz”, deya ta’kidlagan edi u.