Bu qiziq

Qon bosimi oshganda bosh og‘rig‘idan qanday xalos bo‘lish mumkin?

Bosh og‘rig‘i turli sabablarga ko‘ra paydo bo‘lishi mumkin. Xususan, arterial bosimning o‘zgarib turishi ham bosh og‘rig‘ini keltirib chiqaradi. Bunday vaziyatda holatni qanday yaxshilash kerak?
Sputnik
Shifokor-terapevt Tatyana Romanenko Sputnik radiosiga bergan intervyusida tushuntirish berdi.
Arterial bosimning o‘zgarib turishi ko‘pgina hollarda bosh og‘rig‘iga sabab bo‘ladi.
Masalan, qon bosimining tushishida inson o‘zini lohas his qilishi va bosh og‘rig‘i bo‘lishi mumkin. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday vaziyatda kofein ko‘mak beradi.
“Agar bosh og‘risa avvalo qon bosimini o‘lchash lozim. Agar bosim past bo‘lsa, tarkibida kofein bo‘lgan ichimliklar yordam berishi mumkin. Yangi damlangan choy yoki qahva ichish kerak. Ushbu oddiy yo‘l bilan qon bosimini tushirish va bosh og‘rig‘idan xalos bo‘lish mumkin”.
Qon bosimi ko‘tarilishida ham bosh og‘riydi.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, agar bosh og‘rig‘i juda kam hollarda kuzatilsa, ichimliklar bilan tushirish mumkin. Biroq, agar bosh og‘rig‘i tez-tez kuzatilsa, albatta shifokorga murojaat qilish zarur.