TOShKENT, 26-may - Sputnik. Xerson viloyatida rublda savdo qiladigan dastlabki AYoQSh va aptekalar ishga tushdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Genicheskdagi AYoQShlarda yangi narxlar rublda belgilangan. Ai-92 navli benzinning bir litri 66 rubl.
"Biz rublda ham grivnada ham savdo qilayapmiz. Har kuni 3 kubdan yoqilg‘i sotamiz, yetkazib berishda uzilishlar yo‘q", - deyli AYoQSh ishchisi.
Shuningdek dorixonalarda ham savdo ham rublda ham grivnada olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Xerson ma’muriyati Rossiya qo‘shinlari tomonidan ozod qilnganidan so‘ng 11-may kuni Vladimir Putinga viloyani Rossiya tarkibiga qo‘shib olish to‘g‘risidagi murojaat bilan chiqqan edi.
"Xerson shahri - bu Rossiya, hech qanday Xerson Xalq Respublikasi tuzilmaydi, referendum o‘tkazilmaydi", - degan edi o‘shanda viloyat harbiy-fuqarolik ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Kirill Stremousov.