TOShKENT, 26-may — Sputnik. 2022-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga qiymati 26,1 mln dollariga teng bo‘lgan 662 ming tonna sement import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Sement importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 372 ming tonnaga kamaygan.
4 oy davomida sement import qilgan asosiy davlatlar:
- Tojikiston – 289,5 ming tonna
- Qozog‘iston – 185,3 ming tonna
- Qirg‘iziston – 179,3 ming tonna
- Turkmaniston – 3,7 ming tonna
- Eron – 3,7 ming tonna
- Rossiya – 344 tonna
Ma’lumot uchun, o‘tgan yili yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonda sement ishlab chiqarish hajmi oshgandi. Respublikaning yirik sanoat korxonalari tomonidan qariyb 8 mln tonna sement ishlab chiqarilgan.