So‘m dollar va rublga nisbatan mustahkamlandi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga to‘rtinchi kun pastladi.
Sputnik
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 27-mayda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 17,76 so‘mga pastlab, 11 045, 25 so‘mni tashkil qildi. Bu dollarning qatorasiga to‘rtinchi kun pastlashi.
Kecha arzonlashgan yevro 23,02 so‘mga ko‘tarilib, 11 832,78 so‘m bo‘ldi.
So‘nggi kunlar davomida muntazam mustahkamlanib kelayotgan rubl 20,82 so‘mga tushib, 176,65 so‘m bo‘ldi. Bu pasayish Rossiya Markaziy banki bir oydan ko‘proq vaqt ichida uchinchi marta foiz stavkasini pasaytirishi ortidan ro‘y berdi. 26-may kuni asosiy stavka 14 foizdan 11 foizga tushirildi.
27 mayda amalda bo‘ladigan valyuta kurslari