Samarqand hokimligi ijtimoiy obyektlar qurilishini tekshirdi - video

Samarqand viloyati hokimligi qurilayotgan 26ta ijtimoiy obyektda qurilish normalariga amal qilinmayotganini va jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotganini aniqladi.
Sputnik
TOShKENT, 26-may - Sputnik. Samarqand hokimligi viloyatda qurilayotgan ijtimoiy qurilish obyektlarini sinchikovlik bilan tekshirdi.
Tekshiruv natijasida ko‘plab kamchiliklar aniqlandi. Ular orasida ishchilar va texnika sonini oshirib ko‘rsatishdan boshlab, qurilish va saysmik xavfsizlik normalariga javob bermaydigan ishlarni bajarishgacha bo‘lgan kamchiliklar aniqlandi.
Batafsil quyidagi videolavhada tomosha qilish mumkin.
Eng jiddiy qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan bir necha mansabdor shaxslar o‘z lavozimidan bo‘shatildi. Shuningdek qurilayotgan va ta’mirlanayotgan obyektlarda aniqlangan kamchiliklarni qisqa vaqt ichida bartaraf etish vazifasi qo‘yildi.