TOShKENT, 26-may — Sputnik. Yevroosiy iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga a’zo mamlakatlarning milliy valyutalardagi o‘zaro hisob-kitob ulushi 75 foizga yetdi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.
“Milliy valyutalardagi hisob-kitob amaliyoti kengaymoqda, bu g‘oyat muhim.Ular ulushi ittifoq (YeOII – tahr.) mamlakatlari savdosida allaqachon 75 foizga yetdi”, - dedi Putin Yevroosiyo iqtisodiy forumining yalpi majlisida nutq so‘zlayotib.
“Bundan keyin ham milliy to‘lov tizimlari va bank kartalaridan o‘zaro foydalanish va birlashtirish ustida ish olib boramiz”, - deya qo‘shimcha qildi Rossiya rahbari.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva tashqi savdo hisob-kitoblarini rubl va ishonchli hamkor mamlakatlar milliy valyutalariga o‘tkazishni tezlashtirishi lozimligini ma’lum qilgani xabar qilingan edi.