TOShKENT, 26-may — Sputnik. Argentinada avtobus kattaligidagi ulkan uchar sudralib yuruvchi (reptiliya)ning toshga aylangan qoldiqlari topildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Argentinalik olimlar 86 million yil avval dinozavrlar bilan birga yashagan “O‘lim ajdahosi” deb nomlangan ulkan uchar reptiliyaning yangi turini aniqladi.
Tadqiqotchilarga ko‘ra, qadimiy uchar reptiliya yoki pterozavr yangi namunasining qanotlari uzunligi 9 metr (30 fut)ga teng. Ular hozirgi qushlarning qadimgi davrlardagi ajdodlari bo‘lgan va Yer yuzida ov qilish uchun o‘z qanotlarini ishlatgan ilk mavjudotlardan biri hisoblanadi.
Paleontologlar jamoasi qoldiqlarni Argentina g‘arbidagi Mendosa viloyatida joylashgan And tog‘larida aniqlagan. Reptiliya qoldiqlari saqlanib qolgan qoyalar 86 million yillik tarixga ega bo‘lib, bo‘r davriga tegishlidir.
Taxminiy sana shuni ko‘rsatadiki, ushbu qo‘rqinchli mavjudotlar bundan 66 million yil avval hozir Meksikaning Yukatan yarim oroli joylashgan joyga yashab o‘tgan.
Loyiha rahbari Leonardo Ortisning so‘zlariga ko‘ra, bunday qoldiqlar ilgari hech aniqlanmagan, shu sababli ushbu turga Thanatosdrakon Amaru (O‘lim ajdahosi) nomi berilgan. Unga ko‘ra, bunday nom juda mos keladi, chunki sudraluvchi qo‘rqinchli ko‘rinishga ega bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
“Bizda bu hayvonlarga o‘xshash tana o‘zgarishlariga ega bo‘lgan yaqin qarindoshlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q”, - deydi Ortis.