Migrantlarning Rossiyadan o‘z mamlakatlariga pul o‘tkazmalari barqarorligicha qolmoqda – Putin

Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Inqirozli vaziyatga qaramasdan, mehnat migrantlarining o‘z mamlakatlariga pul o‘tkazmalari kamaymayapti.
Sputnik
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Inqirozli vaziyatga qaramasdan, mehnat migrantlarining o‘z mamlakatlariga pul o‘tkazmalari kamaymayapti. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevroosiyo iqtisodiy forumining yalpi majlisida ma’lum qildi.
“Mehnat migrantlarining Rossiyadan o‘z mamlakatlariga pul jo‘natmalari hajmi deyarli kamaymayapti, ayrim mamlakatlarga hatto ko‘paymoqda”, - dedi Putin YeOIIdan bo‘lgan hamkasblari ma’lumotlariga tayangan holda.
Bundan tashqari, Rossiya rahbari Ittifoq mamlakatlari milliy valyutalardagi hisob-kitob ulushini ko‘paytirishganini ta’kidladi va bu amaliyot davom ettiriladi.
O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatga shu yil yanvar-aprel oylarida xorijdan 2,54 mlrd dollar pul jo‘natilgan. Bu 2021-yilning mos davriga nisbatan 27 foizga (548 mln dollarga) ko‘proqdir. Qayd etish joizki, o‘zbekistonlik migrantlarning aksariyati Rossiyada ishlaydi.