Xitoy O‘zbekistondagi ijtimoiy loyihalarga mablag‘ yo‘naltiradi

Bitim doirasida Xitoy O‘zbekistondagi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar uchun 37 million dollar yo‘naltiradi.
Sputnik
TOShKENT, 25-may — Sputnik.O‘zbekiston va Xitoy Hukumatlari o‘rtasida texnik-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida Bitim imzolandi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar berdi.
Ushbu bitim O‘zbekistonda ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun 37,5 mln dollar (250 mln yuan) miqdorida beg‘araz yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi.
“Bugungi kungacha ikki mamlakat o‘rtasidagi texnik-iqtisodiy hamkorlik doirasida sog‘liqni saqlash, ta’lim, qishloq va suv xo‘jaligi, madaniyat, transport va boshqa sohalarda loyihalar amalga oshirildi”, deyiladi xabarda.
Hujjat vazirning birinchi o‘rinbosari va Xitoy elchisi Szan Yan tomonidan imzolandi.
Ma’lumot uchun, 2022-yilning birinchi choragi ko‘rsatgichlariga ko‘ra, Xitoy O‘zbekistonning eng yirik tashqi savdo hamkoridir. O‘zbekiston tashqi savdosining 18,1 % ($ 3,1 mlrd) - Xitoy ulushi.