Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

“Tinch aholini o‘qqa tutishmoqda”. Rubejnoyeda nimalar bo‘lyapti?

Vayron bo‘lgan binolar, portlamay qolgan snaradlar, g‘isht parchalari va oyna siniqlariga to‘la hovlilar - bular bir vaqtlari nufuzli bo‘lgan tumandagi uy-joylar qoldiqlari.
Sputnik
Viktor Zvansev
LXR Qurolli kuchlari Rossiya qo‘shinlari ko‘magida yaqindagina xaritada taktik jihatdan muhim bo‘lgan hududni qo‘lga oldi. Front chizig‘igacha - uch kilometr, otishmalar davom etmoqda. Shahardagi vaziyat va aholining holati haqida- batafsil RIA Novosti reportajida o‘qing.

“Bir paytlar nufuzli tuman edi”

Qirqinchi yillarning oxirida nemis va italiyalik harbiy asirlar tomonidan qurilgan G‘oliblar prospekti deyarli butunlay yer yuzidan sidiriyub tashlangandek. Faqat ozod qilgan askarlar haykali va Pionerlar saroyi saqlanib qolgan.
“Bu eng nufuzli tumanlardan biri edi,- deydi shu yerda yashovchi Tatyana. – Baland shiftli, keng xonali uylar, xiyobon, attraksionlar bor edi, daraxtlar ko‘p edi. Hozir esa faqat xarobalar qoldi. Ularning orasida mushuk va kuchuklar ham qochapti. Bechora jonzotlarning siniqlar sabab qo‘l-oyoqlari jarohat olgan. Ularga ovqat berishga va davolashga harakat qilyapmiz”.
Ko‘shni Xmelniskiy ko‘chasida mo‘jiza sabab omon qolgan kaptarxona bor. “Urushgacha mening 150 ta qushim bor edi. Hozir esa mana, yigirmatacha qoldi, - kaptarlariga non ushatib sochayotgan Valentina. – Kecha, ularga ovqat berayotganimda Ukraina tomoni zarba berdi. Men sakrashga ulgurdim. Bombaning parchasi boshimni ustidan, shapkamga tegib uchib o‘tdi”.
O‘n metr nariroqda – beshta yangi qabrlar bor. Bitta qabrning o‘zida to‘rtta odam: 10 va 11 yoshli bolalar, bir erkak va keksa ayol. Halok bo‘lgan bolalarni faqat onasi katta qilgan. Ayol aprel oyi oxirida suvga chiqib, bolalarini qarab turishi uchun qo‘shnilariga topshirib ketgan. Keyin bu mavzeda otishmalar boshlangan. Snarad aynan ular yashagan uyga borib urilgan. Boshqa qo‘shnilar qabr qazib, ko‘mib kelishgan.
“Onasi ham qaytib kelmadi - deydi shu yerga yaqin uyda yashovchi Olesya. – U haqida hech narsa bilmaymiz. Balki u ham halok bo‘lgandir”.
Odamlarning qo‘pchiligi qo‘shni Starobelskka ketgan. U yerda qochoqlar uchun vaqtinchalik yashash punktiga joylashishgan. Ba’zilar qo‘shni qishloqlarga, qarindoshlari va do‘stlarinikiga ketishgan.
“Jang paytida ukrain askarlari meni uydan haydab chiqarishdi va u yerga zarba beradigan nuqtani joylashtiridi, - deb eslaydi Rubejnoyeda istiqomat qiluvchi Gennadiy. –Rossiyalik harbiy bo‘lishing mumkin deb noutbukimni olib qo‘yishdi. Menimcha, bu shunchaki talon-tarojlik edi. Ular nima istashsa, xohlaganlarini olib ketishardi. Hatto garajlarni buzib, avtomobillarni olib qochib ketishgan”.
Tashlab ketilgan pozitsiyalar
G‘oliblar prospektida, Yong‘in o‘chirish xizmatining sobiq binosida Ukraina Quroli Kuchlarining bo‘limlari joylashgan. Keng hovli yonib ketgan harbiy texnika bilan to‘lgan. G‘ishtli ikki qavatli binoning yarmi vayron bo‘lgan.
Asosiy kirish eshigi yonida qum qoplaridan yasalgan uzoq muddatga mo‘ljallab qurilgan o‘t ochish nuqtasi joylashgan. Birinchi qavatning devorlarida “milliy qahramonlar” portretlari galereyasi, to‘g‘rirog‘i, undan qolgan narsalar joylashgan. “Pravoslav jangchisining ibodat kitobi” va “Shaxs, jangchi, yo‘lboshchi” risolalari shu yerda yotibdi - bu Stepan Bandera haqida.
Yer ostida- bombalar saqlangan. Dahlizlar, xonalar ko‘p: dush, xojatxonalar, omborlar, yotoqxonalar va qo‘shimcha xonalar. Polda sovet davrida ishlab chiqarilgan protivogazlar, shuningdek, zaharli - sinil kislotali amplulalar sochilib yotibdi. Amplulalarda ko‘rsatilgan vaqt: 1961-yil. Hamma yerda oziq-ovqat va kiyim-kechak sochilgan. Taslim bo‘lganlar shu yerda oxirgi kunlarini o‘tkazishgan. Ketayotib, chiqish eshiklariga mina o‘rnatishgan.
Aftidan, yerosti koridorlari harbiy qismdan, jumladan, “Krasitel” kimyo kombinati hududidan ham uzoqroqqa olib boradi.
“Rubejnoyeda bir qancha sanoat korxonalari bor,- deydi mahalliy aholi vakili Andrey. – Va hammasining yer tagida labirintlar bor. Masalan, “Zarya” kombinatidan hech qanday qiyinchiliksiz o‘rmonga yoki shahar tashqarisiga qochish mumkin”.

Tinch aholiga otishmalar

Aynan “Zarya” ukrain qo‘shinlarining Rubejnoyedagi so‘nggi mustahkamlangan istehkomi edi. Hozir ular Shimoliy Doneskda, bu yerdan uch kilometr uzoqda. Pozitsiyalar tepada joylashgan. U yerdan shahar kaftdek ko‘rinadi.
“Tinch aholini ham o‘qqa tutishadi, - deydi Andrey. – Umuman tushunmay negaligini. Men hatto suv uchun ikki yuz metr uzoqqa chiqishga qo‘rqaman. Gumanitar yordam haqida gapirmasa ham bo‘ladi”.
Insonparvarlik yordamini 7 mikrorayonda tarqatishadi. Mahsulotlarni faqat o‘sha yerdan topish mumkin. Do‘konlar allaqachon yopilgan. “Kecha mana shu yerga yaqinda jang bo‘ldi, keyin snarad uchib keldi,- deb hikoya qiladi shu yerda turuvchi zahiradagi harbiy xizmatchilar. – Balki komendaturani nishonga olishgandir yoki shunchaki duch kelgan joyni o‘qqa tutaverishgan. Bunaqasi tez-tez bo‘lib turadi”.
Otishmalar to‘xtagani yo‘q. O‘tgan haftada qurbonlar ko‘p bo‘lgan, shuningdek, bolalar orasida ham. Deyarli har kuni yaralanganlar bor - asosan tinch aholi vakillari.
Bir kuni mina bo‘lagi yaqin atrofda yashovchi Borisning uyiga uchib kirgan va eshikka yopishib qolgan. “Portlash hovlining o‘rtasida sodir bo‘ldi. Garchi harbiylar bu yerga uzoq vaqtdan beri kelmagan bo‘lishsada. Ukrain harbiylariga farqi yo‘q shekilli”.
Mavzedagi xususi binolar bloki Ukraina artilleriyasi butunlay vayron qilgan. Borisning so‘zlariga ko‘ra, u yerda ham ko‘plab tinch aholi halok bo‘lgan.
Qiyin vaziyatga qaramasdan, Rubejnoyega insonparvarlik yordami ko‘proq yetkazilmoqda. Shaharliklar ham qaytib kelishapti. Aytishlaricha, ona shaharda yashagan baribir yaxshi va katta qiyinchiliklar ortda qolgan.