Rubl kursi 200 so‘mga yaqinlashmoqda

So‘m dollar va yevroga nisbatan mustahkamlandi.
Sputnik
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 26-mayda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 11,92 so‘mga pastlab, 11 063, 01 so‘mni tashkil qildi. Yevro ham 53,71 so‘mga arzonlashib, 11 809,76 so‘m bo‘ldi.
Rubl esa 2,57 so‘mga ko‘tarilib, 197,47 so‘mni tashkil etmoqda.
26 mayda amalda bo‘ladigan valyuta kurslari