Rossiya harbiylari Xarkov viloyatiga 70 tonna gumanitar yordam yetkazib berishdi – video

Rossiya harbiylari Xarkov viloyatining tinch aholisiga gumanitar yordam yetkazib berishda davom etishmoqda. Bu gal 70 tonna oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Sputnik
Rossiya Qurolli kuchlari Xarkov viloyatining tinch aholisiga 70 tonna gumanitar yordam yetkazib berishdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
“Hozir hamma do‘konlar yopilgan, deyarli 40 kundan buyon elektr energiyasi yo‘q, hech narsa ishlamayapti. Bu gumanitar yordam biz uchun ayni muddao”, - deydi fuqarolardan biri.