Bu qiziq

Qovurishda qanday yog‘dan foydalanish kerak - parhezshunos tavsiyasi

Parhezshunos qovurish uchun rafinadlangan yoki hayvon yog‘laridan foydalanishni tavsiya qiladi
Sputnik
To‘g‘ri yog‘ tanlash nafaqat taomni mazali qiladi, balki salomatlikka ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shifokor- parhezshunos Aleksandra Razarenova Sputnik radiosiga taom uchun qanday yog‘lardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Ba’zi yog‘larning shunday xususiyati bo‘ladiki, qizitilganda ularda organizm uchun turli zararli moddalarni ishlab chiqarishi mumkin.
“Bunday yog‘lar yallig‘lanishga olib keladi, tanadagi degenerativ o‘zgarishlar va irsiy kasalliklarga olib keladi. Bundan tashqari, unda sog‘lik uchun jiddiy xavf tug‘diradigan kanserogen moddasi bor”,- deydi parhezshunos.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, yog‘ skovorodada tutun chiqara boshlasa, zararli mahsulotga aylanadi. Shuning uchun ham eng yuqori harorat uchun asosan, tarkibida to‘yingan yog‘li kislotalar bo‘lgan yog‘ to‘g‘ri keladi.
“Qovurish uchun yuqori haroratda qizitishga mo‘ljalangan, to‘yinmagan yog‘ kislotalarning kamligi, ya’ni 15% dan ko‘p bo‘lmasligi va to‘yingan yog‘li kislotalar ko‘p bo‘lgan yog‘ni tanlash zarur”, - deydi Razarenova.
Rafinadlanmagan yog‘larda bunday xususiyatlar yo‘q. Parhezshunos oziq-ovqatlarni rafinadlangan yoki hayvon yog‘larida qovurishni tavsiya qildi.
“Odatda rafinadlangan yog‘lar yoki to‘yingan yog‘ kislotali hayvon yog‘lari bu talablarga javob beradi. Ular yuqori haroratda taom tayyorlash uchun ma’qul. Chunki ular eng yuqori haroratda qizitishga chidamli”, - deydi shifokor.