TOShKENT, 25-may — Sputnik. 25-maydan Yandex Go xizmati Qo‘qonda ham ishga tushirildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Endi servis Farg‘ona vodiysining barcha yirik shaharlarida mavjud. Viloyat aholisi endi ko‘chada taksi xizmatiga qo‘ng‘iroq qilishlari yoki mashina ushlashlari shart emas”, - deydi kompaniyaning Markaziy Osiyo bozorini rivojlantirish bo‘yicha ijrochi direktori Tamirlan Shapiyev.
Mashinaga buyurtma berilgandan so‘ng, dasturda avtomobil rusumi va haydovchining kelish vaqti kabi barcha kerakli ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Ilovada tez bog‘lanish mumkin bo‘lgan qo‘llab-quvvatlash xizmati ham mavjud.
Qo‘qonliklar safarning aniq narxini mashinaga buyurtma berganda ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. Haydovchi yo‘nalishni yo‘l ta’miri tufayli o‘zgartirsa ham narx o‘zgarishsiz qolaveradi. Safar uchun to‘lov naqd pul ko‘rinishda amalga oshiriladi.