TOShKENT, 25-may — Sputnik. Qirg‘iziston Rossiya yonilg‘i-moylash materiallarini rublda sotib olishni boshladi. Bu haqda Qirg‘izistonning Monopoliyaga qarshi tartibga soluvchi xizmati rahbari Keneshbey Taylakov ma’lum qildi.
“Bugungi kunda neftreyderlar yonilg‘i-moylash materiallarining 70 foizini rublda xarid qilishmoqda, qolganini dollarda”, - dedi u parlamentdagi yig‘ilishda.
Taylakov so‘nggi oyda bunday hisob-kitob qilish tartibiga o‘tilganini qayd etdi.