Putinning Davlat kengashidagi nutqidan asosiy bayonotlar - video

G‘arb mutaxassislari bashorat qilgan Rossiya iqtisodining "qulashi" sodir bo‘lmadi, ishsizlik va inflyatsiya kutilganidan ancha past darajada qolmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 25-may - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Davlat kengashi prezidumida nutq so‘zladi.
Prezident nutqidan asosiy bayonotlar quyidagilar:
Donbassni himoya qilish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiyaning barcha ishtirokchilari qahramonlar va ularga qahramondek munosabatda bo‘lish kerak.
️Hukumat zudlik bilan harbiy tibbiyotga bo‘lgan ehtiyojni qondirishi, harbiy xizmatchilar va qurbonlar oilalarini qo‘llab-quvvatlashi kerak.
️Dollar qisqarmoqda, rubl mustahkamlanmoqda.
️Rossiya iqtisodiyotining dinamikasi ba’zi ekspertlar bashorat qilganidan yaxshiroq, ishsizlik o‘smayapti. Inflyatsiya sekinlashdi. Yil oxirida u 15% ni tashkil qiladi.
️1 iyundan boshlab ishlamaydigan pensionerlarning nafaqalari 10 foizga indeksatsiya qilinadi, eng kam ish haqi va yashash qiymati oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti fevral oyining oxirida Donbass respublikalarini tan olishi to‘g‘risida va ularni himoya qilish uchun Ukraina hududida maxsus harbiy operatsiya boshlashini e’lon qilgan edi. Shundan so‘ng AQSh boshchiligida G‘arb davlatlari Rossiyaga nisbatan misli ko‘rilmagan iqtisodiy sanksiyalar joriy etdi. Rossiya Markaziy Bankining G‘arbdagi valyuta zahiralari muzlatib qo‘yildi, yirik Rossiya banklariga xalqaro operatsiyalar o‘tkazish ta’qiqlandi. G‘arb mutaxassislari xulosasiga ko‘ra, bularning barchasi rublga nisbatan kuchli bosim o‘tkazishi va Rossiya iqtisodining "qulashiga" olib kelishi kerak edi. Lekin bu safar bu amalga oshmadi.
Kreml ushbu bu choralarni misli ko‘rilmagan iqtisodiy urush deb atadi, lekin voqealarning bunday rivojlanishiga tayyor ekanini bildirdi.
Rossiya banki valyuta bozorini barqarorlashtirdi, do‘stona bo‘lmagan mamlakatlarga gazni rublda sotish e’lon qilindi.
Gaz uchun to‘lov - rublda

Eslatib o‘tamiz, Rossiya 1-apreldan boshlab nodo‘st mamlakatlardan gaz uchun to‘lovni faqat rublda qabul qilishini e’lon qildi. "Gazprombank" valyuta va rublda maxsus hisob raqamlarini ochadi. Xaridor to‘lovni shartnomada ko‘rsatilgan valyutadagi birinchi hisob raqamiga kerakli miqdorni o‘tkazadi, bank uni Moskva birjasida sotadi va ikkinchi hisob raqamiga rublni kiritadi. Undan esa "Gazprom"ga etkazib berilgan xom ashyo uchun to‘lovlar amalga oshiriladi.

Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan so‘ng AQSh boshchiligida G‘arb davlatlari Rossiyaga qarshi misli ko‘rilmagan sanksiyalar kiritgan edi.