Putin Xerson va Zaporojye aholisi uchun Rossiya fuqaroligini olishni soddalashtirdi

Sputnik
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Ukrainaning Xerson va Zaporojye viloyatlari aholisi Rossiya fuqaroligini soddalashtirgan tartibda olishlari mumkin. Rossiya prezidenti Vladimir Putin tegishli farmonga imzo chekdi.
Tuzatish Rossiya prezidentining 2019-yildagi farmoniga kiritilmoqda. U farmonga muvofiq, DXR va LXR aholisiga Rossiya fuqaroligini olish soddalashtirilgan edi.
Endilikda bu tartib Xerson va Zaporojye viloyatlari aholisi uchun ham amal qiladi.