TOShKENT, 25-may — Sputnik. O‘zbekistonliklar Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha o‘zlaring taklif va fikrini bildirishlari mumkin. Bu haqda Oliy Majlis spikerining o‘rinbosari Odiljon Tojiyev ma’lum qildi.
Deputatning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda Konstitutsiyaviy komissiyaga aholidan ko‘plab taklif va mulohazalar kelib tushmoqda. Ular albatta ko‘rib chiqiladi.
“Qisqa muddatda “Jamiyat – islohotlar tashabbuskori” bosh g‘oyasi asosida faoliyat ko‘rsatuvchi maxsus axborot platformasi ham ish boshlaydi”, - deydi deputat.
Platforma ishga tushgunga qadar takliflarni taklif@meningkonstitutsiyam.uz yoki taklif@2022.uz elektron pochtalari orqali yuborish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya tuzilgandi.
Komissiyaga o‘z faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, aholining barcha qatlamlaridan Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni oladi.