TOShKENT, 25-may — Sputnik. Chexiyaning Turnov shahrida bo‘lib o‘tgan yengil atletika bo‘yicha xalqaro xotira turnirida Darya Reznichenko g‘alaba qozondi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Musobaqada o‘z omadini sinab ko‘rgan Darya Reznichenko uzunlikka sakrash dasturida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Tokio-2020 ishtirokchisi berilgan 6 urinishdan barchasini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.
Beshinchi imkoniyatda qayd etgan 6.16 metr natija uni musobaqa g‘olibiga aylantirdi.
Reznichenko uchun joriy mavsumdagi eng yaxshi ko‘rsatkich bo‘ldi. Turnirda u bilan bellashgan hech bir raqibalari 6 metrdan uzoqqa sakray olishmadi.
Uzunlikka sakrash, ayollar:
1. Darya Reznichenko (O‘zbekiston) – 6.16 metr
2. Mixayela Kucherova (Chexiya) – 5.91
3. Natalya-Viktoriya Xamula (Ukraina) – 5.79