TOShKENT, 24-may — Sputnik. O‘zbekistonga yanvar-aprel oylarida xorijdan qiymati 71,2 mln dollarga teng mobil telefon import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
“O‘zbekiston 4 oy davomida xorijdan 976 645 dona telefon sotib olgan. Telefon importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 320 900 donaga oshgan”, - deyiladi xabarda.
Mobil telefonlar 9 ta davlatdan import qilingan:
- Xitoy – 741 546 dona
- Vyetnam – 121 376 dona
- Hindiston – 62 612 dona
- BAA – 46 137 dona
- Qozog‘iston – 3 663 dona
- Janubiy Koreya – 1 286 dona
Eng ko‘p telefon mart oyida (286 056 dona) import qilingan bo‘lsa, yanvarda 129 766 dona, fevralda 284 461 dona hamda aprelda 276 362 dona telefon sotib olingan.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yili smartfon ishlab chiqaruvchilar tomonidan butun dunyo bo‘ylab 1,35 milliard dona apparat yetkazib berilgan.