TOShKENT, 24-may — Sputnik. Namangan viloyati Kosonsoy tumanida 14 yoshli bola avtomobilda tengdoshini bosib ketib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi. Bu haqda Bu haqda IIV YHXX axborot xizmati xabar berdi.
Hodisa 20-may kuni soat 14:45 larda tumandagi Kushon mahallasi Hurriyat ko‘chasida ro‘y bergan. "VAZ-2106"da harakatlanib ketayotgan 14 yoshli bola (tumandagi 5-sonli maktabning 7-sinf o‘quvchisi) boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning o‘ng chetida ketayotgan tengdoshi piyoda X.B.ni urib yuborgan.
YTH natijasida X.B. og‘ir tan jarohatlari olgani sababli shifoxonada vafot etgan.
Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.