TOShKENT, 24-may — Sputnik. Mariupoldagi port hududini minadan tozalash yakunlandi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Qora dengi floti va muhandislik qo‘shinlari mutaxassislari tomonidan Mariupol porti hududini minadan tozalash yakunlandi. Minadan tozalash chog‘ida 134 ta inshoot tekshirildi. Ukrainalik jangarilar tashlab ketgan 12 mingdan ziyod portlash xavfi bo‘lgan predmetlar va qurollar aniqlanib zararsizlantirildi”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, "Azovstalda" qurshovga olingan 2,5 mingga yaqin jangarilar va Ukraina harbiylarining 531 kishidan iborat so‘nggi guruhi 20-may kuni taslim bo‘lgan edi. Shu tariqa, Marupol shahri jangarilardan to‘liq ozod etilgan.