Germaniyada G‘arb Rossiya iqtisodiyotini barbod qila olmaganini tan olishdi

Ko‘p g‘arblik tahlilchilar Ukrainada maxsus operatsiya boshlangandan keyin rubl qulashi va Rossiya iqtisodiyoti o‘sishi sekinlashishini bashorat qilishgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 24-may — Sputnik. G‘arb Rossiya iqtisodiyotini barbod qilishning uddasidan chiqa olmadi. Mamlakatning moliyaviy tizimi faoliyat yuritishda davom etmoqda, deya yozadi Germaniyaning Deutsche Wirtschafts Nachrichten (DWN) nashri.
Maqolada yozilishicha, rubl kursi yevroga nisbatan so‘nggi sakkiz yil ichida rekord darajada ko‘tarilgan.
Ko‘p g‘arblik tahlilchilar Ukrainada maxsus operatsiya boshlangandan keyin rubl qulashi va Rossiya iqtisodiyoti o‘sishi sekinlashishini (retsessiya) bashorat qilishgan edi. Ammo bu ro‘y bermagan. Rossiyaga iqtisodiy kurashga yaxshi tayyorlangan ekan, deya yozadi nashr.
Xususan, Moskva neft va gaz savdosidan katta daromad olmoqda. Yevropa ittifoqi, Rossiya neftidan voz kechishga qaror qilgan G7 mamlakatlaridan farqli o‘laroq, Rossiya energiya resurslaridan voz kecha olmaydi.
Qolaversa, mamlakat qora oltin savdosidagi yo‘qotishlarining katta qismini Hindiston va Xitoy tufayli qoplagan.

Mavzuga oid:

Berlin va Rim kompaniyalariga gaz sotib olish uchun rublda hisob ochishga ruxsat berdi – OAV
Vengriya bosh vaziri Rossiyaga qarshi sanksiyalarni atom bombasiga qiyosladi
SZ: Rossiyaga qarshi sanksiyalar kutilgan natijani bermadi
G‘arbda “Rossiyaga berilgan qaqshatqich zarba” muvaffaqiyatsizlikka uchraganini tan olishdi