Sirdaryo va Novosibirsk hamkorlikni kengaytiradi

Sputnik
TOShKENT, 23-may — Sputnik. O‘zbekistonning Sirdaryo va Rossiyaning Novosibirsk viloyatlari hamkorlikni kengaytiradi. Bu masala viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev va Novosibirsk viloyati gubernatori Andrey Travnikov uchrashuvida muhokama qilindi.
G‘ofurjon Mirzayev boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi hududlararo investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi hamkorlik aloqalarini kengaytirishni ko‘zda tutgan amaliy tashrif bilan Rossiyada bo‘lib turibdi.
Amaliy tashrif Novosibirsk viloyati gubernatori Andrey Travnikov bilan uchrashuvdan boshlandi. Viloyat vakillariga O‘zbekistoning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov hamrohlik qildi.
Novosibirsk viloyati rasmiy doiralari vakillari bilan muloqotda so‘nggi yillarda mamlakatda amalga oshirilayotgan katta islohotlar, ularning Sirdaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ijobiy ta’siri borasida ma’lumot berildi.
“Sirdaryo va Novosibirsk o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri hududlararo hamkorlikni kengaytirish istiqbollari hamda imkoniyatlari muhokama qilindi”, - deyilgan Sirdaryo viloyati hokimligi xabarida.
Viloyat delegatsiyasi Barnaul shahri va Oltoy o‘lkasida bo‘lib, rasmiy uchrashuvlar hamda ishbilarmon doiralari bilan muloqotlar o‘tkazishni ham rejalashtirilgan.
Krasnodar va Andijon o‘zaro savdo uylarini ochishi mumkin