TOShKENT, 23-may — Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Ukraina daromadlarining Polsha tomonidan “o‘zlashtirilishi”ni aytdi. U bu haqdagi fikrini o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
“Shunchaki, Kiyevning daromadi, Polsha rahbariyati nuqtayi nazaridan, allaqachon Varshavaning daromadidir”, - dedi Zaxarova Mateush Moraveskiyning taklifiga munosabat bildirib.
Avvalroq Polsha bosh vaziri Mateush Moraveskiy Norvegiya hukumatini neft va gaz eksportidan tushgan foydani Ukraina bilan bo‘lishishga chaqirgan edi. Polsha bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasi fonida energiya narxi oshishi sababli Norvegiya gaz va neft sotishdan qo‘shimcha ravishda 100 milliard yevrodan ortiq daromad oladi.
“Hurmatli norvegiyalik do‘stlar, bu adolatdan emas”, - degan edi u.