Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Medinskiy Ukrainani muzokaralarni to‘xtatib qo‘yishda aybladi

Medinskiy: Rossiya Ukraina bilan muzokaralarni davom ettirishga tayyor, ularni to‘xtatib qo‘yish Kiyev tomonidan bildirilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 23-may — Sputnik. Moskva va Kiyev o‘rtasidagi muzokaralar jarayonini to‘xtatib qo‘yish Ukraina tashabbusi bo‘lgan. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi va Rossiya delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy Belarusning ONT telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
U Rossiya yuqori darajadagi muloqotdan hech qachon bosh tortmaganini ta’kidladi.
“Buni Vladimir Vladimirovich Putin bir necha bor tasdiqlagan. Masala shundaki, prezidentlar o‘rtasida yuqorida darajadagi uchrashuv bo‘lib o‘tishi uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘rish kerak. Ya’ni yuqori darajada tayyor bo‘lgan hujjatlar lozim”, - dedi Medinskiy. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Uning fikricha, Rossiya yetakchisi va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “shunchaki suratga tushish uchun emas”, balki yakuniy kelishuvlarga erishish va aniq bir bitimlarni imzolash uchun uchrashishlari kerak.
Medinskiy bir oy oldin Rossiya tomoni Kiyevga unda qator asosiy pozitsiyalar kelishilgan shartnoma loyihasini topshirganini qo‘shimcha qildi.
“Biz yana oldinga siljishni rejalashtirgandik. Ammo o‘sha paytdan buyon Ukraina tomonidan muloqotni davom ettirishga bo‘lgan intilish yo‘q. Ular hatto o‘zlari tomondan muvofiqlashtirilgan shartnoma loyihasini rasman tasdiqlashmadi. Ular hech qayoqqa shoshishmayapti, chamasi. To‘p to‘liq ular tomonda”, - dedi xulosa qildi Rossiya prezidenti yordamchisi.