YeIning harbiy zaxiralari Ukrainaga yordam sabab tugab bormoqda – Borrel

Jozep Borrel Yevropa Ittifoqining harbiy zahiralari Ukrainaga yordam tufayli tugab borayotganini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 23-may — Sputnik. Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Ittifoqning harbiy zaxiralari Ukrainaga yetkazib berilayotgan yordam tufayli tugab qolayotganini aytdi.
“Yevropa o‘zining mudofaa qobiliyatini kuchaytirishi kerak, u Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatilishi tufayli tugaydi”, - deya yozib qoldirdi u o‘zining blogida.
U Yevropa Ittifoqida o‘z qurolli kuchlarini yaratishga chaqirdi, chunki Yevropa “xavf ostida” va uning xavfsizlik tizimida “bo‘shliqlar” mavjud.
“Ukrainaga ko‘rsatgan harbiy yordamimiz natijasida kamayib ketgan zaxiralarimiz kamchiliklarimizning eng yorqin misolidir”, - deb yozadi diplomat.
Borrel Ukrainadagi holatni “Yevropa Ittifoqi xavfsizligi va mudofaasi uchun uyg‘otuvchi qo‘ng‘iroq” deb atadi. Uning fikricha, ittifoq a’zolari harbiy sohadagi xarajatlarni oshirishi kerak.
Borrelning qo‘shimcha qilishicha, dunyoda moliyaviy inqiroz yuzaga kelgan 2008-yildan boshlab YeI davlatlari mudofaa xarajatlarini qisqartira boshlagan, maksimal qisqarish 2014-yilda bo‘lgan va endigina moliyalashtirish inqirozdan oldingi darajaga qaytgan, buni Borrel yetarli emas deb hisoblaydi.
Ukrainaga yetkazilib berilayotgan g‘arb quroli terrorchilar qo‘liga tushishi mumkin – ekspert
Uning ta’kidlashicha, so‘nggi 22-yil ichida “Yevropa Ittifoqining umumiy mudofaa xarajatlari atigi 20 foizga oshgan – AQShda bo‘ ko‘rsatkich 66 foizga, Rossiyada esa 292 foizga teng.
24 fevral kuni boshlangan Rossiyaning Donbassni himoya qilishga qaratilgan maxsus operatsiyasi ortidan AQSh va NATO Ukrainani qurol-yarog‘ bilan ta’minlashda davom etishmoqda. Moskva bir necha bor Kiyevga G‘arb qurollarining yetkazib berilishi mojaroni faqat cho‘zishi, ularning olib kelishini esa Rossiya armiyasining nishoni bo‘lishini ta’kidlagan.