Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishining boshlanish muddati aytildi

Bishkek Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha temir yo‘l qurilishini kuzda boshlash rejalashtirilgani ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 22-may — Sputnik. Qirg‘iziston hukumati kecha 2022-2026 yillarda temir yo‘l transportini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini tasdiqladi.
“Dunyo” AAning “Kabar” nashriga tayanib yozishicha, qaror nafaqat temir yo‘l transporti va infratuzilmasini kelajakda rivojlantirish va yaxshilash uchun sharoit yaratadi, balki temir yo‘l orqali yo‘lovchi va yuk tashish darajasi va sifatini oshirishga xizmat qiladi.
“Temir yo‘l tarmog‘ini rivojlantirish Vazirlar mahkamasining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Kuzda mustaqilligimiz tarixidagi eng yirik loyiha – Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha temir yo‘l qurilishini boshlash rejalashtirilgan. Bu loyihani qo‘llab-quvvatlash zarur" – degan Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasi rahbari Akilbek Japarov yig‘ilishda.
Avvalroq O‘zbekiston va Qirg‘iziston Xitoyga temir yo‘l qurilishini tezlashtirmoqchi ekani xabar qilingan edi.
2019 yilda Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘lini qurish bo‘yicha texnik-iqtisodiy asos tayyorlangan edi. Rossiya texnik-iqtisodiy asosni tayyorlash uchun 200 million rubl ajratgan.