TOShKENT, 22-may — Sputnik. Ayrim Rossiyaga qarshi sanksiyalar oqibatlarini atom bombasi harakatlariga qiyoslash mumkin. Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich bilan bo‘lgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Orbanning so‘zlariga ko‘ra, Brusselning ayrim takliflari narx ko‘tarilishi, ocharchilik va G‘arb mamlakatlarida yanada ko‘proq migrantlar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
“Vengriya Brusselning narx ko‘tarilishi, ocharchilik va misli ko‘rilmagan ommaviy migratsiyani keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan Rossiyaga qarshi o‘ylamay qilingan va nomaqbul choralariga rozi emas, chunki ular atom bombasiga o‘xshaydi”, - dedi Vengriya bosh vaziri. Uning so‘zlaridan 24.hu nashri iqtibos keltirgan.
Orban Vuchichga murojaat qilayotib, mamlakati og‘ir damni boshdan kechirayotganini qo‘shimcha qilgan, chunki u Yevropa ittifoqi a’zosi.
U bu yil qishloq xo‘jaligi xodimlari qahramon bo‘lishlarini ta’kidladi.