Ukraina Milliy gvardiyasining "Azov" maxsus bo‘linmasi 2014-yildagi davlat to‘ntarishidan so‘ng tashkil qilingan.
Uning tarkibiga irqchilik va neonatsist qarashlarga ega bo‘lgan millatchi radikallar kirgan. U yerda nafaqat Ukraina fuqarolari, balki boshqa mamlakatlardan kelgan yollanma askarlar ham bor edi.
"Azov" jangarilari 2015-yildan buyon Donbassda tinch aholiga nisbatan odam o‘g‘irlash, qiynoqqa solish, asirlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, xalqaro konvensiyalar bilan taqiqlangan jangovar vositalardan foydalanish kabi jinoyatlar sodir etib kelgan. Rossiya Tergov qo‘mitasi tomonidan, Donbassda aniqlangan rad etib bo‘lmas dalillar asosida, "Azov" va "Praviy sektor" jangarilariga nisbatan JKning ko‘plab moddalari bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan.