Yengil avtomobillar importi 2 baravarga oshdi

Yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston 21 ta xorijiy davlatdan 12 017 ta yengil avtomobil import qilgan.
Sputnik
TOShKENT, 22-may — Sputnik. 2022 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston qiymati 280,4 million dollariga teng 12 017 ta yengil avtomobil import qilgan. bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6113 taga yoki 2 baravarga oshgan.
Mamlakatga yanvar oyida 3037 ta, fevral oyida 2911 ta, mart oyida 2560 ta va aprel oyida 3509 ta avtomobil olib kelingan.
To‘rt oy ichida O‘zbekistonga eng ko‘p avtomobilni Xitoy (6100 ta), Janubiy Koreya (2971), Qozog‘iston (1849) va Rossiya (848) sotgan.
Avvalroq O‘zbekistonda yanvar-mart oylarida 68 905 dona yengil avtomobillar ishlab chiqarilgani xabar qilingan edi. Yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 24 451 taga oshgan.