TOShKENT, 22-may — Sputnik. Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov va Iqboljon Xoldorov professional boksdagi navbatdagi janglarini Meksikada o‘tkazishdi.
Super yarim o‘rta vazn toifasida harakat qilayotgan Xoldorov meksikalik tajribali raqibi Ramon Baraxasga qarshi to‘liq 6 raund harakat qildi. Yakunda raqibi ustidan ochkolar evaziga g‘alaba qozondi. Bu bokschining professional boksdagi uchinchi g‘alabasi bo‘ldi. Qolgan ikkitasida ham zafar quchgan.
Birinchi o‘ta yengil vazn (48,8 kg) toifasidagi bokschi Hasanboy Do‘smatov meksikalik Moyzes Gutteresga qarshi ringga ko‘tarildi. Cakkiz raundga mo‘ljallangan jang uchinchi raundda to‘xtatildi. Do‘smatov raund boshlanishi bilan kuchli va aniq zarbalar yo‘llab, ring burchagida raqibini texnik nokautga uchratdi.
Shu tariqa, Hasanboy Do‘smatov prof ringdagi beshinchi g‘alabasini tantana qildi