Buxoro – Xiva yo‘nalishida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Qatnov 4-iyundan boshlanadi. Poyezd Buxoro shahridan chorshanba, juma va yakshanba kunlari yo‘lga chiqadi.
Sputnik
TOShKENT, 22-may — Sputnik. 4 iyundan Buxoro – Xiva yo‘nalishida poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Poyezd Buxoro shahridan chorshanba, juma va yakshanba kunlari soat 12:14 da yo‘lga chiqadi va Xiva shahriga 18:33 da yetib boradi.
Haftaning dushanba, payshanba hamda shanba kunlari soat 08:10 da Xiva temir yo‘l vokzalidan jo‘nab ketadi va soat 14:36 da Buxoro temir yo‘l vokzaliga yetib boradi.
Avvalroq 8-maydan Toshkent-Shahrisabz yo‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yilishi xabar qilingan edi.