TOShKENT, 22-may — Sputnik. Germaniya va Italiya hukumati o‘z kompaniyalariga Moskvaga qarshi sanksiyalarni buzmagan holda Rossiya gazini xarid qilish uchun rublda hisob ochishlari mumkinligini ma’lum qilishdi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar bermoqda.
Ular Yevrokomissiyadan Rossiya gazini qanday qilib sanksiyalarni buzmagan holda sotib olish bo‘yicha tushuntirishlar olgan va bu haqda kompaniyalarni xabardor qilgan.
Nashrning aniqlik kiritishicha, Brussel Rossiya gazini sanksiyalarni buzmagan holda sotib olish bo‘yicha ikkita ko‘rsatma bergan, biroq huquqiy mexanizm noaniqligicha qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 31-mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin do‘st bo‘lmagan davlatlar bilan gaz savdosi qoidalari to‘g‘risidagi farmonni imzolaganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, bu kabi davlatlar Rossiya banklarida rublda hisob ochishi kerak. Agar do‘st bo‘lmagan mamlakatlardan kelgan xaridorlar yangi to‘lov shartlarini bajarmasa, amaldagi gaz yetkazib berish shartnomalari to‘xtatiladi.
Hozirgi vaqtda Rossiya iste’mol qilinadigan gazning qariyb 40 foizini Yevropaga eyetkazib beradi va uning eng yirik eksportchisi hisoblanadi.