"Biz olgan ma’lumotlarga ko‘ra, Odessa portidan chiqishiga ruxsat berilmagan kemalarning 21 tasi Turkiyaga tegishli. Ukraina tomoni "xavf" bahonasida, dengizda qolgan minalarga ishora qilib, bu kemalarning ketishini istamayapti.Rossiya xavfsizlik koridorini ochdi, biroq bular "haliyam chiqarmayapti". Bu yerda asosiy maqsad boshqa, agar chet el kemalari chiqib ketsa, ukrainaliklar aniq nishonga aylanadi va Odessa tez orada taslim bo‘ladi. Shu sababdan ular chet el kemalarini, jumladan 21 ta (Turkiya) kemalarini chiqarmayapti”, — deb yozadi gazeta.
Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Vladimir Putin ushbu operatsiya maqsadi "DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan tahqirlanish va genotsiddan qutqarish va himoya qilish" deb atagan. Operatsiya maqsadi - “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.
Rossiya Mudofaa vazirligi zarbalar faqat Ukraina harbiy infratuzilma va qo‘shinlarga zarba bermoqda. Tinch aholi turar joylariga zarba berilgani yo‘q. Operatsiyaning birinchi bosqichi mart oxirida yakunlandi. Rossiya armiyasi Ukraina jangovar salohiyati sezilarli darajada kamaytirishga muvaffaq bo‘ldi.